Neymar: «Jahon kubogi meniki bo'lishi kerak»
May 17, 2018, 12:09 p.m. 5083


«Pari Sen-Jermen» klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Rossiyada o'tadigan jahon chempionatida g'alaba qozonmoqchi ekanini aytdi.

«Futbol meni hamma narsadan ko'p ilhomlantiradi. Maydonga tushish
– men uchun eng katta quvonch.

Jahon chempionati – sayyoramizning eng asosiy musobaqasidir va men unda ishtirok etib, g'alaba qozonmoqchiman. Bu kubok meniki bo'lishi kerak» - dedi Neymar.

Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi JCh-2018 guruh bosqichida Kosta-Rika, Serbiya va ShveyTsariya bilan bellashadi.