«Marsel» - «Atletiko» o'yinidan so'ng, ommaviy tartibsizliklar yuz berdi
May 17, 2018, 2:53 p.m. 3756

Lion shahrida o'tkazilgan «Marsel» va «Atletiko» o'rtasidagi Evropa Ligasi finalidan so'ng, muxlislar tartibsizliklarni uyushtirishdi.

Natijada, poliTsiya 21 nafar fanatni hibsga oldi, deb xabar beradi Le Parisien.

Muxlislar stadion tribunalarida tartibsizlik keltirib chiqarishgan, tutunli shashkalardan foydalanib, bir-biri bilan mushtlashishgan. Shundan so'ng, «Marsel»ning 18 nafar, «Atletiko»ning 3 nafar muxlisi hibsga olingan. Bundan tashqari, Marsel shahrida ham ommaviy tartibsizliklar yuz bergan.

Eslatib o'tamiz, «Atletiko» raqibini 3:0 hisobida engib, bosh sovrinni qo'lga kiritgan edi.