Levandovski «Bavariya»ni tark etmoqchi
May 17, 2018, 1:42 p.m. 6175

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski agenti Pini Zaxavi bilan uchrashib, tushlik qilgan.

Myunxenda bo'lib o'tgan uchrashuv chog'ida futbolchi yozda «Bavariya»ni tark etmoqchi ekanini aytgan, deb yozadi The Sun.

Avvalroq, futbolchining xizmatiga «Real» va «Chelsi» klublari qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Levandovski «Bavariya»da 2014 yildan buyon o'ynamoqda.