Gvardiola «David Silva – Xavi va Inesta qorishmasi»
May 17, 2018, 6:45 p.m. 3033

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarimhimoyachi David Silvani Xavi va Inesta bilan taqqoslab ko'rdi.

«Xavi to'pni zo'r nazorat qiluvchi futbolchi edi. U ritm va dinamika borasida tengi yo'q bo'lgan, tezkor harakat qilganida, vaziyatni juda yaxshi ilg'ab olgan. Undan to'pni olib qo'yish juda mushkul edi.

Andres uslubi ham unga o'xshash, ammo u tempni o'zgartira oladigan o'yinchi. David Silva – har ikkalasining qorishmasidir. U ham qachon to'pni nazorat qilishni va qaysi holatda tezkor o'ynashni juda yaxshi biladi», – dedi Gvardiola.