Grizmann kim sababli eng zo'r hujumchi bo'lganini aytdi
May 17, 2018, 12:39 p.m. 7493

«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann Evropa Ligasi finalidan o'rin olgan «Marsel»ga (3:0) qarshi o'yinda dubl sohibi bo'lgan edi. Bahsdan so'ng u bosh murabbiy Diego Simeonedan minnatdor ekanini aytdi.

«Simeone bilan sovrin yutib olishni orzu qilardim. U menga ko'p narsani o'rgatdi, dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri qildi. Umid qilamanki, yuqori saviyada to'p tepishda davom etaman.

«Atletiko»da 4ta mavsum o'tkazdim, hozir jamoadoshlarim bilan juda qadrdon bo'lib ketganman. Shu tufayli, har bir o'yinda bor kuchimni sarflayman», — deb Grizmann so'zlarini keltirmoqda UEFA sayti.