Germaniyalik futbolchi Yoaxim Lyovdan arazlab, xalqaro faoliyatini yakunladi
May 17, 2018, 1:02 p.m. 11764

«Bavariya» hujumchisi Sandro Vagner Germaniya terma jamoasidan jahon chempionatida ishtirok etish uchun taklif olmagach, xalqaro faoliyatini yakunladi.

Futbolchi bosh murabbiy Yoaxim Lyovning qaroridan qattiq norozi bo'ldi.

«Terma jamoani zudlik bilan tark etaman. Men halolligim, ochiqligim va to'g'ri so'zligim uchun murabbiylar shtabiga maqul kelmadim, shekilli. Yigitlarga omad tilayman, umid qilamanki, ular Rossiyadan jahon chempioni bo'lib qaytishadi. Faoliyatimdagi eng muhim narsa esa yuz berib bo'lgan - sevimli klubim «Bavariya» tarkibida o'ynamoqdaman» - deb yozdi Vagner instagram sahifasida.

Bundesliga 2017/18 mavsumida Vagner «Bavariya» tarkibida 25ta o'yin o'tkazib, 12ta gol urgan.