Gari Nevill «Liverpul» EChLni yutishini istamayapti
May 17, 2018, 5:07 p.m. 5855

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq futbolchisi, ayni vaqtda televidenieda ekspert bo'lib ishlayotgan Gari Nevill «Real» va «Liverpul» o'rtasida kechadigan Evropa Chempionlar ligasi finali borasidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

«Kelinglar shunga umid qilamiz, «Manchester Yunayted» Angliya Kubogida g'alaba qozonsin, bizning do'stimiz Krishtianu Ronaldu esa Chempionlar ligasi finalida ajoyib het-trik muallifiga aylansin. «Liverpul» ajoyib o'yinlar ko'rsatdi, ular finalgacha etib kelishdi. Ammo men ular g'olib bo'lganini ko'rishni istamayman», — deya Nevillning so'zlarini keltirgan Daily Mail.

«Real» – «Liverpul» o'rtasida Chempionlar ligasi finali 26 may kuni Kievda, «Olimpiyskiy» stadionida bo'lib o'tadi.