FIFA reytingida O'zbekistonning o'rni o'zgarmadi
May 17, 2018, 3:37 p.m. 2502

FIFA terma jamoalarning may oyi reytingini elon qildi.

Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasida o'tgan oyga nisbatan o'zgarish yuz bermadi va 381 ochko bilan 88-o'rinni saqlab qoldi. Osiyo terma jamoalari orasida O'zbekiston 13-pog'onani egallab turibdi.

Umumiy reytingni Germaniya (1544) terma jamoasi boshqarib bormoqda. Keyingi o'rinlarni Braziliya, Belgiya, Portugaliya va Argentina egallab turibdi.