Falkaoga Amerikadan jiddiy taklif tushdi
May 17, 2018, 5:30 p.m. 1827

«Monako» hujumchisi Radamel Falkao yaqin vaqt ichida klubini tark etib, MLS chempionatiga yo'l olishi mumkin.

A Bola nashri tarqatgan xabarga ko'ra, kolumbiyalik ushbu futbolchining xizmatlariga «Atlanta Yunayted» jamoasi tomonidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda, ushbu klub Falkaoga yiliga 4 mln evro miqdoridagi maosh to'lashni nazarda tutuvchi shartnoma taklif qiladi. 

Amerikaliklar klubi bosh murabbiyi Xerardo Martino yaqin vaqt ichida futbolchining vakillari bilan uchrashishi kutilmoqda.

Bundan avvalgi xabarlarda Falkao yozda «Milan»ga o'tishi mumkinligi haqida aytilgandi.

Joriy mavsumda ushbu 32 yoshli hujumchi FranTsiya chempionatining 25 o'yinida maydonga tushib, 18 gol urdi.