Buffon Chempionlar Ligasi finalchisidan taklif oldi
May 17, 2018, 1:26 p.m. 11109

«Yuventus» darvozaboni Janluiji Buffon mavsum oxirida klubni tark etadi va faoliyatini yakunlashi ham mumkin.

Biroq, Top Calcio 24 xabariga ko'ra, 40 yoshli futbolchi bilan Chempionlar Ligasi finalchisi - «Liverpul» klubi qiziqmoqda. «Qizillar» Buffonga 1 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.

Bosh murabbiy Yurgen Klopp anchadan buyon ishonchli darvozabonni qo'lga kiritish ilinjida yuribdi, Buffon esa aynan uning muddaosidagi posbondir.