O'zbekiston bolalari jahon chempionatida g'alaba qozonishdi
May 16, 2018, 5:13 p.m. 9194

Moskva shahrida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon Chempionati o'z yakuniga etdi va unda O'zbekiston terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Finalda o'zbekistonlik bolalar Pokiston bilan to'qnash keldi. Asosiy vaqti 1:1 hisobi bilan yakuniga etgan bahs penaltilar seriyasiga qadar etib bordi. Unda futbolchilarimiz raqiblaridan ustun kelishdi.

O'zbekiston termasining so'nggi zarbasini darvozabon Sergey Islomov aniq yo'lladi. Keyin esa o'zi raqibining zarbasini qaytarib, qahramonga aylandi. Qayd etish kerak, Pokiston terma jamoasi Jahon Chempionatiga amaldagi g'olib sifatida tashrif buyurgandi. Endi esa mundial taxtiga o'zbekistonlik futbolchilar chiqishdi.

Moskva—Toshkent yo'nalishi bo'yicha parvoz qiladigan futbolchilarimiz 17:00 da Toshkent xalqaro aeroportiga etib keladi. Ularni katta tantana bilan kutib olish rejalashtirilgan.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi jahon chempionati-2018, final
Moskva, 16 may
O'zbekiston - Pokiston - 1:1 (pen. 5:4)
O'zbekiston:
Islamov Sergey, Shaplov Danil, Ochilov Joxongir, Ergashboev Toir, Kotov Ruslan, Karaxanyan Ruslan, Esenbaev Aziz, Shamshilov Edgar, Son Salim
Bosh murabbiy: Asadov Jamshid.