Murabbiylarga planshetdan foydalanishga ruxsat berildi
May 16, 2018, 9:06 p.m. 1772

Xalqaro futbol uyushmalari kengashi (IFAB) o'yinlar paytida murabbiylar shtabiga mobil elektron qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berdi.

Shu tufayli, FIFA JCh-2018 ishtirokchilariga texnik uskunalar majmuasini taqdim qilishni rejalashtirmoqda. U murabbiylarga tahlilchilar bilan aloqada bo'lish imkoniyatini beradi.

Har bir jamoa ikkita planshetni oladi: biri matbuot uchun mo'ljallangan tribunadan o'yinni kuzatuvchi tahlilchi uchun, ikkinchisi murabbiylar shtabi uchun.

Bundan tashqari, jamoalar FIFA platformasida o'yindan keyingi tahlillar natijasini ham olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.