Bugun Evropa Ligasi finali: «Marsel» - «Atletiko»
May 16, 2018, 12:30 p.m. 6151

Bugun, 16 may kuni Evropa Ligasida final o'yini o'tkaziladi. FranTsiyaning Lion shahrida «Marsel» va «Atletiko» klublari bellashadi.
 
Qizig'i shundaki, «Marsel» bu o'yinda zafar quchsa, UEFA Kubogi/Evropa Ligasida g'alaba qozongan FranTsiyaning ilk klubi bo'lishi mumkin. «Atletiko» esa o'z tarixida uchinchi marta nufuzli sovrinni qo'lga kiritishi mumkin.

Taxminiy tarkiblar:

Marsel: Mandanda — Sakai, Rami, Luis Gustavo, Amavi — Zambo-Angissa, Sanson — Toven, Paye, Okampos — Jermen
Atletiko: Oblak — Vrsalko, Ximenes, Godin, Lukas Ernandes — Koke, Saul, Gabi, Korrea — Grizmann, Diego Kosta

Avvalroq, jamoalar evrokuboklarda bir-biri bilan ikki marta to'qnash kelgan: Chempionlar Ligasi 2008/09 mavsumi guruh bosqichida «Atletiko» o'z uyida 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Marselda esa 0:0 hisobi qayd etilgan.

Qiziqarli faktlar:

- «Marsel» o'z tarixida ikki marta UEFA Kubogi finalida o'ynagan: 1999 yilda «Parma» (0:3) bilan, 2004 yilda «Valensiya» (0:2) bilan;

- «Atletiko» o'z tarixida ikki marta Evropa Ligasi finalida o'ynagan: 2010 yilda «Fulhem» bilan (2:1), 2012 yilda «Atletik» (3:0) bilan;

- FranTsiya klublari hech qachon UEFA Kubogi/Evropa Ligasida g'alaba qozonmagan. «Marsel»dan tashqari, unda «Bastiya» (1977/78) va «Bordo» (1995/96) klublari ham o'ynagan;

- «Atletiko» futbolchilari Vitolo va Kevin Gameyro «Sevilya» bilan qatorasiga uch marta Evropa Ligasi g'olibi bo'lishgan (2013/14, 2014/15, 2015/16).

Murabbiylar fikri.

«Marsel» bosh murabbiyi Rudi Garsiya:

«Bizda g'alaba uchun imkoniyat ko'p emas, ammo bor kuchimizni sarflaymiz. «Atletiko»ga qarshi o'yin - biz uchun katta voqea. Bu klub so'nggi 4 yilda 2 marta Chempionlar Ligasi finalida o'ynagan. Avvalroq Evropa Ligasida ham g'alaba qozongan. Ammo FranTsiyada o'tkazilayotgan final biz uchun ajoyib imkoniyat. FranTsiya klublari bu turnirda biror marta g'alaba qozonmagan. Agar g'alaba qozonsak, juda zo'r bo'lardi».

«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone:

«Final juda zo'r bo'ladi. «Marsel» turnirni ajoyib o'tkazmoqda. Ularning murabbiyi o'yinni juda yaxshi tushunadi, tarkib ham maromida. «Marsel» yarimhimoya va hujumda xavfli. O'yin juda og'ir bo'ladi, bu aniq. Chempionlar Ligasini tark etgach, bu turnirda g'alaba qozonish ishtiyoqida edik. Mana finalga ham etib keldik. Afsuski, zaxira o'rindig'ida bo'lmayman, ammo Xerman Burgosga ishonaman. Biz bir xil fikrlaymiz, chunki ko'p yillardan buyon birga ishlayapmiz».

Eslatib o'tamiz, «Marsel» — «Atletiko» o'yini 16 may kuni soat 23:45da boshlanadi.