«Barselona» yangi transferi bo'yicha kelishuvga erishdi
May 16, 2018, 3:10 p.m. 14774

«Sevilya» himoyachisi Kleman Langle yozgi transferlar vaqtida «Barselona» safiga o'tadi.

Mundo Deportivo manbasi malumotiga ko'ra, katalonlar klubi sevilyaliklar bilan ushbu franTsiyalik futbolchi transferi borasida kelishuvga erishgan.

«Barselona» Langle uchun belgilangan badal pulini – 35 million evroni to'lashga tayyor.

2016 yildan buyon Ispaniya chempionatida to'p surib kelayotgan futbolchining o'zi ham katalonlar bilan 5 yillik shartnoma tuzishga tayyor. 

Ayni vaqtda 22 yoshda bo'lgan Langle joriy mavsumda «Sevilya» safida 34 o'yinda maydonga tushib, 3 gol urgan va bir golga pas bergan.