«Liverpul» Saloh uchun «Real»ning ikki nafar futbolchisini so'rayapti
May 15, 2018, 6:36 p.m. 28559

«Liverpul» klubi Muhammad Salohni «Real»ning ikki nafar futbolchisi bilan almashtirishga tayyor, deb yozadi Ispaniya matbuoti.

Xususan, 25 yoshli misrlik hujumchi uchun «qizillar» darvozabon Keylor Navas, yarimhimoyachi Dani Sebalos va 100 million evro pul so'ramoqda.

Avvalroq, «Liverpul» Muhammad Salohni 200 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.