«PSJ» yangi bosh murabbiy nomini elon qildi
May 14, 2018, 8:45 p.m. 14778

Germaniyalik futbol mutaxassisi Tomas Tuxel «Pari Sen-Jermen» klubining yangi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda parijliklar klubi saytida rasman malum qilingan.

Tuxel «PSJ» bilan ikki yillik shartnoma tuzgan. U bu lavozimda Unai Emeri o'rnini egalladi.

Ayni vaqtda 44 yoshda bo'lgan Tuxel 2009 yildan 2014 yilgacha «MaynTs» bosh murabbiyi bo'lib ishlagan. U 2015 yildan 2017 yilgacha Dortmundning «Borussiya»sini boshqargan va jamoa bilan 2016/17 yilgi mavsumda Germaniya Kubogida g'olib chiqqandi. U 2017 yilning yozidan buyon ishsiz edi.