Video: «Hamburg» ilk marta Bundesligani tark etdi, klub muxlislari g'azabga mindi
May 13, 2018, 10:26 a.m. 3539

«Hamburg» tarixda ilk marta Germaniya chempionatida yuqori divizionni tark etdi.

Jamoa «Borussiya Menxengladbax»ga qarshi o'yinda g'alaba qozondi (2:1), ammo parallel kechgan uchrashuvda «Volfsburg» «Kyoln»ni yirik hisobda engishi natijasida hamburgliklar 17-o'rindan yuqori ko'tarila olishmadi. Klub mavsumning oxirgi qismini juda kuchli o'tkazgan bo'lishiga qaramasdan, (6 o'yinda 4 g'alaba) o'tish o'yinlarida qatnasha olmaydigan bo'ldi.

O'yin oxirida «Hamburg» muxlislari maydonga fayerlar uloqtira boshlashdi. Hakam o'yinni tugata olmadi, 20 daqiqa kutishdan so'ng ham tartibsizliklar bartaraf etilmagach, o'yin yakunlangani haqidagi hushtak chalindi. Bu vaqt davomida maydon chetidagi reklama bannerlari yonib ketdi.