Fazliddin G'oibnazarov navbatdagi jangida ham nokaut bilan g'alaba qozondi
May 13, 2018, 8:29 a.m. 9194

Amerikada 12 may kuni kechqurun, Toshkent vaqti bilan 13 may kuni tongida Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarov professional boksdagi to'rtinchi jangini o'tkazdi.

G'oibnazarovga professional boksdagi 4-jangida meksikalik Xesus Silveyraga qarshi ringga ko'tarildi. Nyu-Yorkdagi mashhur Madison Square Garden’da o'tkazilgan 8 raundlik jangning 4-raundi vaqtida o'zbekistonlik sportchi raqibini ikki marta ringga qulatdi va nokaut bilan g'alaba qozondi.

Malumot uchun Fazliddin professional boksda shu kungacha 3 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozona olgan (1 tasi nokaut bilan).

Uning raqibi Xesus Silveyra esa 15 ta jang o'tkazgan va shularning 8 tasida g'alaba qozongan (3 tasi nokaut bilan). 5 ta jangda mag'lubiyatga uchragan va yana ikkita to'qnashuvda durang qayd etgan.