Neymar jamoadoshlariga muhim xabarni etkazdi
May 12, 2018, 2:02 p.m. 22871

«PSJ» hujumchisi Neymar yozda jamoani tark etishga qattiq bel bog'lagan. 

Todomercadoweb xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi jamoadoshlariga jahon chempionatidan so'ng, Parijga qaytmasligini aytgan. Braziliyalik to'purar faoliyatini «Real» klubida davom ettirmoqchi.

Avvalroq, «PSJ» Neymarni 260 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.