Neymarning otasi fikrini o'zgartirdi
May 11, 2018, 10:25 a.m. 19442

Neymarning otasi fikrini o'zgartirib, o'g'lining «PSJ» klubini tark etishini istayapti.

Liberation xabariga ko'ra, katta Neymar FranTsiya chempionatining saviyasi pastligidan va parijliklarning Chempionlar Ligasida g'alaba qozonishga tayyor emasligidan xafsalasi pir bo'lgan. U agent Pini Zaxavi bilan uchrashib, o'g'lini boshqa klubga transferini tashkil qilishda yordam so'ragan.

Avvalroq, «PSJ» Neymarni 260 million evroga qo'yib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Futbolchi bilan «Real» klubi faol qiziqyapti.