Futbolchi o'z darvozasiga 40 metrdan gol urib qo'ydi
May 11, 2018, 5:08 p.m. 6235

Gollandiyalik futbolchi Steyn Spirings o'z jamoasi darvozasiga 40 metrdan gol urib qo'ydi, deb xabar bermoqda «Sovetskiy sport».

Spirings Rotterdamning «Sparta» klubi yarim himoyachisi sanaladi. Uning jamoasi shu shahardan bo'lgan «Dordrext» bilan Gollandiya chempionati o'tish musobaqasi doirasida bahs olib bordi.

«Sparta» mehmonda 1:0 hisobida oldinga chiqib olgan edi. Biroq, uchrashuv yakunlarida Spirings raqibidan to'pni olib qo'yishga harakat qildi va o'z darvozasi tomon tasodifan tepib yubordi. Darvozabon to'pga qo'li bilan tegish huquqiga ega emasligi haqida o'ylab, boshi bilan uni qaytarishga urindi, ammo to'p uning ustidan o'tib darvozaga kirib ketgan.

Ammo, gollandiyalik yarim himoyachi uzoq qayg'urmadi – ikki daqiqadan keyin Robert Myuren «Sparta»ga g'alaba keltirgan golni urdi.

Gollandiya oliy divizionida o'ynash huquqi uchun ikkinchi bellashuv Rotterdamda 13 may kuni bo'lib o'tadi.