Video: «Manchester Siti» Yaya Ture bilan xayrlashdi
May 10, 2018, 6:13 p.m. 5577

«Manchester Siti» ivuarlik yarimhimoyachisi Yaya Ture mavsum nihoyasiga etgach, jamoani tark etadi. 8 yil davomida «shaharliklar» sharafini himoya qilgan futbolchi faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi.

Angliya premer-ligasining 31-turida qoldirilgan uchrashuvda doirasida «Manchester Siti» «Brayton» bilan kuch sinashdi va uchrashuv Yaya Turening APL doirasida «Etihad»dagi so'nggi uchrashuvi bo'ldi. Uchrashuvning 86-daqiqasida u zaxiraga olindi. Aynan o'sha daqiqalarda butun stadion, futbolchilar va bosh murabbiy Gvardiola uni olqishlar bilan kuzatib qo'ydi.

Uchrashuv tugagach, maxsus tadbir tashkil qilinib, Ture bilan xayrlashish marosimi bo'lib o'tdi. Kichik tadbirni uning akasi Kolo Ture olib bordi. Tadbir so'ngida futbolchilar va murabbiylar shtabi uni antiqa tarzda stadiondan kuzatib qo'yishdi. 

Quyida ushbu video bilan tanishib olishingiz mumkin.