Foto: «Manchester Siti» yangi mavsum uchun liboslarini taqdim etdi
May 9, 2018, 5:48 p.m. 3199

Angliyaning «Manchester Siti» klubi 2018/19 yilgi mavsum uchun mo'ljallangan liboslarini taqdim etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Unga ko'ra, yangi mavsumda ham jamoa texnik homiysi Nike tomonidan taqdim etilgan liboslarda maydonga tushadi. Jamoaning asosiy libosi odatdagidek ananaviy havorang ko'rinishda ishlangan. Eng qismi Nike so'nggi vaqtlarda tanlagan yangicha dizayndagi mayda chiziqlar bilan biroz to'qroq rangda bo'ladi. Old qismida oldingi yillardagidan farqli ravishda tugmacha o'rnatilgan.

Eslatib o'tamiz, «Manchester Siti»ning bu Nike bilan so'nggi hamkorligi sanaladi. 2019 yildan boshlab jamoa texnik homiy sifatida Puma bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Unga ko'ra, jamoa hozirgi shartnomadan ko'ra, uch baravar ko'proq foyda olishi mo'ljallangan.