Klopp Salohni tanqid qildi
May 8, 2018, 8:30 a.m. 18631

«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 37-turida «Chelsi»ga qarshi kechgan va 0:1 hisobidagi mag'lubiyat bilan yakunlangan uchrashuvdan keyin jamoasi etakchisi Muhammad Salohdan norozi bo'ldi.

O'yin bosh hakami Entoni Teylor 39-daqiqada Salohsha simulyaTsiya uchun sariq kartochka ko'rsatgandi. Bu ushbu misrlik futbolchi uchun mavsumdagi ilk sariq kartochka bo'ldi.

«Ha, bu erda u ataylab yiqilgandi, shunday emasmi? U raqib o'ziga tegishini kutdi. Men esa uni bunday holatda ko'rishni istamayman. Men u bunday ish qilishini istamayman. Ammo bu ro'y berdi.

Bunday holatda fol ishlab bo'lmaydi. Bu to'g'ri ham emas.

U yaxshiroq o'ynashi mumkin va lozim edi, u yana gol urishda davom etishi mumkin edi, u qolgan o'yinlarda gol ura olishiga ishonchim komil», – deya Kloppning so'zlarini keltirgan The Independent.