Inesta faoliyatini Avstraliyada davom ettirishga qaror qilgan
May 8, 2018, 9:22 a.m. 6957

«Barselona» yarim himoyachisi Andres Inesta mavsum yakunida kataloniyaliklar klubini tark etgach, futbolchilik faoliyatini Avstraliyada davom ettirishi kutilmoqda.

Sport.es xabariga ko'ra, 33 yoshli ispaniyalik mutaxassis o'z oilasi tinchroq hayot kechirishi uchun Avstraliya variantini tanlagan.

Bundan avvalroq, Inesta Xitoyga bormasligi, unga Yaponiyaning «Vissel Kobe» klubidan ham taklif borligi haqida xabar berilgandi. Ammo yaponiyaliklar klubidan taklif borligi haqidagi malumot tasdiqlanmadi.