«Borussiya»ning yangi murabbiyi kimligi malum, u keyingi haftada tanishtiriladi
May 8, 2018, 8:16 a.m. 3988

«NiTsTsa» bosh murabbiyi Lyusen Favr mavsum yakunida Dortmundning «Borussiya» klubi boshqaruviga o'tadi. Sky Germany nashri tarqatgan xabarga ko'ra, tomonlar kelishuvga erishgan va shartnoma bo'yicha muzokaralar o'tkazishmoqda.

«Borussiya» keyingi haftadayoq Favrni tanishtirishni mo'ljallagan. ShveyTsariyalik mutaxassis rurliklar klubida Peter Shtyogerni almashtiradi, Shtyoger mavsum boshida qoniqarsiz natijalar uchun ishdan bo'shatilgan Peter Bosh o'rniga vaqtinchalik murabbiy bo'lgandi.

60 yoshli Favrning «NiTsTsa» bilan shartnomasi 2019 yilgacha tuzilgandi, ammo franTsuzlar klubi omadsiz mavsumdan keyin uni qo'yib yuborishga rozi bo'lgan.

Favr avval ham Germaniyada ishlagan, u «Gerta»ni 2007-2009 yillarda Menxengladbaxning «Borussiya»sini 2011-2015 yillarda boshqargandi.

Biroz avvalroq nemislar klubi vakillari portugaliyalik mutaxassis Andre Villash-Boash bilan muzokara boshlashgani haqida ham xabar berilgandi.