«Inter» qulashda davom etmoqda
Feb. 18, 2018, 11 a.m. 2784

«Jenoa» Italiya chempionatining 25-turida «Inter» ustidan g'alabaga erishdi. Genuyadagi «Luiji Ferraris» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. 

O'yinning birinchi bo'limi oxirida Andrea Ranokkiya o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi. 69-daqiqada esa Goran Pandev mezbonlarning ustunligini oshirdi - 2:0.

Bu Spalletti jamoasining 2018 yildagi ilk mag'lubiyati bo'ldi. Shu bilan birga ko'k-qoralar yangi yilda qatorasiga 4da o'yinda 1:1 hisobida durang qayd etgan va o'tgan turda «Bolonya» ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozongandi.

Endilikda «Jenoa» ochkolari sonini 31taga etkazgan va turnir jadvalida 12-o'ringa joylashgan. «Inter» 48 ochko bilan 4-o'ringa tushib ketdi.

Bu turda «Kalyari» «Kevo»ga yutqazdi. Veronadagi  «Mark-Antonio Bentegodi» stadionidagi uchrashuv 2:1 hisobida maydon egalari foydasiga hal bo'ldi.

G'oliblar safida Emanuel Jakkerini va Roberto Inglese gollarga mualliflik qilishdi. «Kalyari»ning yagona javob goli Leonardo Pavoletti tomonidan urildi. Shu tariqa, «Kevo»ning 10 uchrashuv davom etgan g'alabasiz seriyasiga yakun yasaldi.

Endilikda «Kalyari» 25 ochko bilan 14-o'rinda, «Kevo» ham shuncha ochko bilan 15-o'rinda joylashdi.

Italiya chempionati
25-tur

Jenoa – Inter 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 45, avtogol Ranokkiya, 2:0 – 59 Pandev.
Djenoa – Perin, Rossettini, Spolli, Zukanovich, Rozi, Bessa (Omeonga, 56), Bertolachchi, Xilemark, Laksalt, Pandev (Lazovich, 80), Galabinov (Lapadula, 77).
Inter – Xandanovich, Joau Kanselu, Ranokkiya, Shkrinyar, D`Ambrozio, Vesino (Rafinya, 62), Galyardini, Karamo, Valero (Brozovich, 76), Kandreva (Pinamonti, 77), Eder.
Ogohlantirish: Ranokkiya (27).

Kevo – Kalyari 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 74 Jakkerini, 2:0 – 76 Ingleze, 2:1 – 82 Pavoletti.
Kevo – Sorrentino, Kachchatore, Bani, Gamberini, Gobbi, Kastro (Daynelli, 90), Radovanovich, Xetemay, Birsa (Jakkerini, 70), Puchcharelli (Medjorini, 60), Ingleze.
Kalyari – Krano, Andreolli, Cheppitelli, Kastan, Dessena (Farago, 59), Barella, Padoin, IoniTse (Xan Kvan Son, 79), Likoyannis, Joao Pedro (Sau, 69), Pavoletti.
Ogohlantirishlar: Pavoletti (51), Puchcharelli (59), Andreolli (78), Sorrentino (87), Barella (90).