«Yuventus» chorakfinalga chiqishga qodir» - Allegri
Feb. 14, 2018, 10:17 a.m. 2478

«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri EChL nimchorakfinalidan o'rin olgan «Tottenhem»ga (2:2) qarshi dastlabki o'yindagi natijaga izoh berdi.

«Bu yaxshi o'yin bo'ldi, ammo raqibning bosimi natijasida bir necha xatolarga yo'l qo'ydik. Buffon juda yaxshi seyvlarni amalga oshirdi. Biz hisobni 3:0 qilishimiz mumkin edi. Bundan tashqari, penaltini ham muvaffaqiyatli amalga oshirolmadik. Endi ikkinchi o'yinda g'alaba qozonishga urinib ko'ramiz.

Hisob 2:0 bo'lgach, biz o'z kuchimizga ortiqcha baho berib, o'yinni tashlab qo'ydik. Afsuski g'alaba qozona olmadik, ammo chorakfinalga chiqishga qodirmiz.

«Tottenhem» - texnikasi yaxshi va jismonan baquvvat jamoa. Buffon qaytargan to'plardan tashqari, ularda gol urish uchun boshqa vaziyatlar bo'lmadi» - deb Allegri so'zlarini keltirmoqda Football Italia.