«Tottenhem» raqibdan yaxshiroq o'ynagandi» - Pochettino
Feb. 14, 2018, 10:37 a.m. 2317

«Tottenhem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino EChL nimchorakfinalidan o'rin olgan «Yuventus»ga (2:2) qarshi dastlabki o'yindagi natijaga izoh berdi.

«Biz o'yinning katta qismida davomida «Yuve»dan ustunlik qildik, o'z uslubimiz bo'yicha o'ynadik. Juftlikdagi g'olib masalasi ochiqchiligicha qolyapti, chunki «Yuve» juda kuchli jamoa. Javob bahsi keskinroq o'tadi.

Bu juda zo'r o'yin bo'ldi. Biz 7 daqiqa ichida 2ta gol o'tkazib yubordik, ammo bunga bergan javobimiz juda yaxshi bo'ldi. Ikkinchi bo'limda zo'r o'ynadik, natijada durangga erishdik - bu yaxshi natija.

Biroq, bazi narsalar afsusga soldi, chunki biz raqibdan yaxshiroq o'ynagan edik» - deb Pochettino so'zlarini keltirmoqda Football Italia.