Iguain Chempionlar Ligasi tarixida iz qoldirdi
Feb. 14, 2018, 10:12 a.m. 5005

«Yuventus» hujumchisi Gonsalo Iguain Chempionlar Ligasidan o'rin olgan «Tottenhem»ga (2:2) qarshi o'yinda eng tezkor dubl sohibi bo'ldi.

Argentinalik to'purarga ikkita gol urishi uchun dastlabki 8 daqiqa va 7 soniya kifoya qildi. 

Natijada, Iguain 2006 yilda, vatandoshi Xulio Krus tomonidan o'rnatilgan ko'rsatkichni yangiladi. O'sha paytda «Inter» futbolchisi «Spartak» darvozasini 8 daqiqa va 30 soniyada ikki marta ishg'ol qilgan edi.