Evropa Ligasi. TsSKA "Tsrvena Zvezda"ni enga olmadi
Feb. 14, 2018, 12:41 a.m. 1643

Rossiyaning TsSKA klubi Evropa Ligasi 1/16 finalining ilk uchrashuvida safarda Serbiyaning "Tsrvena Zvezda" jamoasi bilan kuch sinashdi. "Rayko Mitich" stadionida kechgan o'yin golsiz durang bilan yakunlandi. 

Jamoalar o'rtasidagi javob o'yini 21 fevral kuni Moskvada o'tkaziladi. 

Tsrvena Zvezda Serbiya – TsSKA Rossiya 0:0

Tsrvena Zvezda – Boryan, Savich, Rodich, Stoykovich, Yovichich, Donald, Le Tallek, Krstichich, Radonich (Srnich, 78), Peshich (Rachich, 85), Ben-Nabuan.
TsSKA – Akinfeev, Vasin, BerezuTskiy, Fernandes, Dzagoev, Kuchaev, Natxo, Vernblum, Golovin, Vitino (Chalov, 85), Musa.
Ogohlantirishlar: BerezuTskiy (20), Golovin (22).