EChL. «Yuventus» – «Tottenhem» g'olibi aniqlanmadi, «Siti» «Bazel»ni yirik hisobda engdi
Feb. 14, 2018, 3:11 a.m. 5447

Bugun 2017/18 yilgi Chempionlar Ligasining pley-off bahslariga start berildi. 

Kunning markaziy o'yin Turinda – "Yuventus" hamda "Tottenhem" jamoalari o'rtasida kechdi. Gollarga boy bo'lgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

O'yinning 2- va 9-daqiqalarida Iguain mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 35-daqiqada Keyn hisobni qisqartirishga erishdi. 71-daqiqada Eriksen jarima zarbasini aniq amalga oshirib, yakuniy hisobni o'rnatdi. 

Ikkinchi juftlikda "Bazel" o'z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qildi. Uchrashuv mehmonlarning yirik g'alabasi bilan yakunlandi 0:4.

Uchrashuvda Gundo'g'an dubl qayd etgan bo'lsa, Bernardu Silva hamda Aguero o'z hisobiga 1tadan gol yozib qo'ydi. 

Yuventus (Italiya) – Tottenhem (Angliya) 2:2 (2:1)

Gollar: Iguain (2, 9, penalti) – Keyn (35), Eriksen (71).
Yuventus: Buffon, De Shilo, Benatiya, Kellini, Aleks Sandro, Xedira (Bentankur, 66), Pyanich, Bernardeski, Duglas Kosta (Asamoa, 90), Manjukich (Sturaro, 76), Iguain.
Tottenhem: Loris, Ore, Sanches, Vertongen, Devis, Dembele, Dayer, Eriksen (Vanyama, 90), Alli (Son Xin Min, 83), Lamela (Lukas Moura, 89), Keyn.
Ogohlantirishlar: Devis (8), Benatiya (45), Ore (47), Iguain (60), Bentankur (80).

Bazel (ShveyTsariya) – Manchester Siti (Angliya) 0:4 (0:3)

Gollar:
Gundo'g'an (14, 53), Bernardu Silva (18), Aguero (23).
Bazel: VaTslik, Jaka, Lakrua, Suxi, Lang, Fray, Die, Riveros, Shtoker (Ayeti, 71), Elyunussi (Byua, 85), Oberlen.
Manchester Siti: Ederson, Uoker, Kompani, Otamendi, Delf, de Bryuyne (Silva, 63), Fernandino, Gundo'g'an, Bernardu Silva, Aguero (Danilo, 85), Sterling (Sane, 57).
Ogohlantirishlar: Jaka (38), Fernandino (59), Die (89), Gundo'g'an (89).