«Biz deyarli chorakfinaldamiz» - Gvardiola
Feb. 14, 2018, 10:58 a.m. 2256

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xoesp Gvardiola EChL nimchorakfinalidan o'rin olgan «Bazel»ga (4:0) qarshi dastlabki o'yindagi yirik g'alabaga izoh berdi.

«Bu juda zo'r natija, biz deyarli chorakfinalga chiqdik. Ammo Chempionlar Ligasi bahslari 180 daqiqa davom etadi va biz javob o'yiniga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz.

Hozir fevral oyi davom etmoqda, APL jadvalida peshqadammiz, Chempionlar Ligasida deyarli keyingi bosqichga chiqdik, Liga Kubogi finalida o'ynaymiz, dushanba kuni esa Angliya Kubogi chorakfinaliga chiqish imkoniyatimiz bor. Sovrinlar sari asta-sekin qadam tashlab bormoqdamiz» - deb Gvardiola so'zlarini keltirmoqda BBC.