A Seriyaning eng kam maosh oluvchi murabbiyi aniqlandi
Feb. 13, 2018, 7:02 p.m. 3978

«Milan» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo A Seriyaning eng kam maosh oluvchi murabbiyidir, deb yozadi La Gazzetta dello Sport.

Mutaxassis avvalroq, «rossoneri» yoshlarini boshqargan paytidagi kabi, 120 ming evro maosh olyapti.

Ayni paytda, klub rahbariyati u bilan yangi shartnoma imzolash masalasini ko'rib chiqmoqda. Biroq, barchasi Gattuzo shogirdlari namoyish etadigan natijalarga bog'liq.

Eslatib o'tamiz, Jennaro Gattuzo 2017 yil noyabr oyida VinchenTso Montella o'rniga «Milan» bosh murabbiyi qilib tayinlangan edi. «Rossoneri» uning qo'l ostida o'tkazilgan 10ta o'yinda 18ta ochko jamg'arishga erishdi.