«Shanghay SIPG» va Odil Ahmedov OChL guruh bosqichini g'alaba bilan boshladi
Feb. 13, 2018, 5:56 p.m. 3291

Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etayotgan Xitoyning «Shanghay SIPG» klubi musobaqani muhim g'alaba bilan boshladi.

Xitoyliklar safarda Yaponiya chempioni - «Kavasaki Frontale» klubini 1:0 hisobida mag'lub etdi. O'yindagi yagona gol braziliyalik legioner Elkeson hisobiga yozildi. O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov o'yinda to'liq harakat qildi.

Guruhning yana bir bahsida Avstraliyaning «Melburn Viktori» va Janubiy Koreyaning «Ulsan Hyonde» klublari durangga imzo chekdi.

OChL-2018, F guruhi, 1-tur
13 fevral

Kavasaki Frontale (Yaponiya) - Shanghay SIPG (Xitoy) - 0:1
Gol:
Elkeson (23)
Melburn Viktori (Avstraliya) - Ulsan Hyonde (Janubiy Koreya) - 3:3
Gollar:
Jorj (26, 37), Uilyams (54) - Orsich (24, 51), Uindbichler (34)