OChL. «Nasaf» Eronda yirik mag'lubiyatga uchradi
Feb. 13, 2018, 8:40 p.m. 2217

Qarshining «Nasaf» klubi Osiyo Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatsiz start oldi.

Guruh bosqichining ilk turida, «ajdarlar» safarda Eronning «Persepolis» klubiga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Raqiblar safida Mensha va ikki marta Alipur qarshiliklar darvozasini ishg'ol etishdi.

«Nasaf» navbatdagi tur o'yinini o'z maydonida o'tkazadi. Jamoa 20 fevral kuni BAA vakili «Al-Vasl»ni qabul qiladi. 

OChL-2018, S guruhi, 1-tur
13 fevral, Tehron, "Ozodiy" stadioni. 

Persepolis (Eron) – Nasaf (O'zbekiston) - 3:0 
Gollar:
Godvin Mensha (20), Ali Alipur (67, 71)

"Persepolis": 1.Alirizo Beiranvand, 2.Sodiq Muharramiy, 3.Shojaeiy Xalilzoda, 4.Said Jalol Husayniy, 10.Farshad Ahmadzoda (5.Bashar Resan, 85), 13.Husayn Mahiniy, 15.Muhammad Ansoriy, 18.Muhsin Rabkiha, 19.Vohid Amiriy (11.Kamoliddin Kamyabinia, 73), 70.Ali Alipur, 90.Godvin Mensha
"Nasaf": 35.Sanjar Quvvatov, 6.Azizjon G'aniev, 7.Odiljon Hamrobekov (8.Sanjar Rashidov, 72), 14.Sharof Muhitdinov, 17.Doniyor Narzullaev (27.Islom Rashidxonov, 87), 20.Islom Kenjaboev (10.Bobur Abdixoliqov, 72), 22.Igor Golban, 55.Slavko Lukich, 69.Dragan Cheran, 77.Jasur Hasanov, 92.Umar Eshmurodov
Ogohlantirishlar: Sharof Muhitdinov 39, Slaven Lukich 64
Bosh hakam: Kim Dong Jin (J.Koreya)
Yordamchi hakamlar: Sung Bonkyun (J.Koreya), Kvak Suyungsun (J.Koreya)
Zaxira hakami: Dmitriy MashenTsev (Qirg'iziston)
Nazoratchi: Muhammad Basil Alhajjar (Suriya)
Uchrashuv komissari: Sivakumar (Singapur).