«Neftchi» iqtidorli hujumchisini «Lokomotiv»dan qaytardi
Feb. 13, 2018, 6:22 p.m. 5273

Farg'onaning «Neftchi» klubi o'z tarkibini kuchaytirish maqsadida, bir qator futbolchilarni o'z safiga chorlamoqda.

O'tgan mavsum Toshkentning «Lokomotiv» jamoasida ijara asosida harakat qilgan yosh, iqtidorli hujumchi Murodbek Bobojonov yana Farg'ona klubi safiga qaytdi. 

Shuningdek, 1991 yili tug'ilgan ukrainalik hujumchi Oleksandr Derebchinskiy ham «Neftchi» tarkibiga qo'shildi, deb xabar beradi klub matbuot xizmati.