Koutino fuqaroligini o'zgartirmoqchi
Feb. 13, 2018, 10:05 p.m. 14992

«Barselona» yarimhimoyachisi Filippe Koutino fuqaroligini o'zgartirmoqchi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi Portugaliya fuqaroligini olish uchun hujjatlarni yig'ishni boshlagan.

Uning turmush o'rtog'i portugaliyalik hisoblanadi. Ularning nikohiga esa uch yil to'lgan. Portugaliya qonunlariga ko'ra, endi futbolchining o'zi ham fuqaroligini o'zgartirish huquqiga ega.

Agar uning arizasi qondirilsa, Koutino Evropa Ittifoqiga kiruvchi davlat fuqarosiga aylanadi va «Barselona» qaydnomasidagi bir o'rinni bo'shatadi. Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionatida klublar tarkibda Evropa Ittifoqiga azo bo'lmagan davlat fuqarolaridan faqat uch nafariga ega bo'lishlari mumkin.