FranTsiya futbol federaTsiyasi vakillari O'zbekistonga tashrif buyurishadi
Feb. 13, 2018, 8:50 p.m. 1496

Shu yilning 23 yanvar kuni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol AssoTsiaTsiyasi 1-viTse-prezidenti Umid Ahmadjonov Parijda FranTsiya futbol federaTsiyasi mutassaddilari bilan uchrashib, yurtimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha o'zaro hamkorlik qilish borasida kelishuvga erishgandi.

Jumladan, FranTsiya futbol federaTsiyasi prezidenti mahkamasi boshlig'i Kenni Jan Mari uchrashuv davomida, bolalar futboli bo'yicha franTsiyalik mutaxassislarni O'zbekistonga olib kelish, yurtimiz yosh futbolchilarini FranTsiya jamoalariga jalb qilish, Superligada ishtirok etadigan jamoalarning saviyasini oshirish, ularning ish faoliyatini Evropa andozalari asosida yo'lga qo'yish maqsadida, klublar bosh direktorlari va akademiyalar rahbarlarini Parijga malaka oshirish va tajriba o'rganishga yuborish masalalari muhokama qilingandi.

Shu kelishuvga asosan, 14 mart kuni FranTsiya futbol federaTsiyasi vakillari Kenni Jan Mari va Lyudovik Debryu yurtimizga tashrif buyurishadi. Ular Superliga klublarining marketing bo'yicha mutaxassislari ishtirokidagi seminarlarida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashib, klublarimizning marketing bo'yicha faoliyatini samarali yo'lga qo'yishga yordam berishadi. Shuningdek, bolalar futboli murabbiylari va selekTsionerlar ishi bilan yaqindan tanishib, ularga amaliy maslahatlar berishadi.