FIFA «Neymar - «Barselona» mojarosi bo'yicha qaror chiqardi
Feb. 13, 2018, 6:40 p.m. 10381

«PSJ» hujumchisi Neymar «Barselona» ustidan FIFA tashkilotiga arz qilib, 26 mln evro undirib olmoqchi edi.

Malumki, 2016 yilda Neymar «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolagani uchun, 26 mln evro bonus olishi shart edi. Biroq, bir yildan so'ng, futbolchi «PSJ» klubiga o'tib ketdi. «Barsa» esa bonusni to'lashdan bosh tortdi.

Kataloniyaning Sport nashri xabariga ko'ra, FIFA bu mojaroda «Barselona» klubining yonini olgan va Neymar shikoyatiga rad javobini bergan.

O'z navbatida, «Barselona» ham shartnoma shartlarini bajarmagan Neymarni sudga berishni rejalashtirmoqda.