Buffon fikridan qaytishi mumkin
Feb. 13, 2018, 8:31 p.m. 4469

Afsonaviy darvozabon Janluiji Buffon Italiya terma jamoasidagi faoliyatini davom ettirishi mumkin.

40 yoshli posbon tez orada bu haqda elon qilishi kutilmoqda, deb yozadi Sky Italia.

Malumki, «Skuadra Adzurra» JCh-2018 yo'llanmasidan quruq qolgach, Buffon xalqaro faoliyatini yakunlagan edi.

Biroq, Italiya terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy qilib tayinlangan Luiji Di Byajo uning fikrini o'zgartirishga urinmoqda va bahorda o'tkaziladigan Argentina bilan Angliyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlariga taklif qilmoqchi. Agar Buffon bunga rozi bo'lsa, Evro-2020 musobaqasida ham ishtirok etishi mumkin.