«Arsenal» hujumchisi uzoq muddatga safdan chiqdi
Feb. 13, 2018, 8:20 p.m. 7430

«Arsenal» hujumchisi Aleksandr Lyakazett tizzasidan jarrohlik amaliyotini o'tkazdi.

Sky Sports xabariga ko'ra, endi u taxminan 6 hafta davomida maydonga tusholmaydi.

Natijada, Lyakazett Evropa Ligasi 1/16 finalidan o'rin olgan «Estersund», Liga Kubogi finalidan o'rin olgan «Manchester Siti» va APL doirasidagi «Manchester Siti», «Uotford» va «Lester»ga qarshi bahslarni o'tkazib yuboradi.

Joriy mavsumda Lyakazett «Arsenal» tarkibida 29ta o'yin o'tkazib, 9ta gol urgan.