Harri Keyn o'z vaqtida «Arsenal» uchun haddan tashqari do'mboqlik qilgandi
Feb. 13, 2018, 9:34 p.m. 3747

«Arsenal» akademiyasining sobiq rahbari Liam Breydi malum qildiki, «kanonirlar» Harri Keyn hali 8 yoshligida undan voz kechishgandi.

«U haddan tashqari do'mboq edi, u sportchi bo'lishiga ko'zimiz etmagan, ammo biz xato qilgan ekanmiz.

«Tottenhem» ham uni 3 yoki 4 marta quyi divizionlardagi jamoalarga ijaraga berganini unutmaslik kerak.

U o'zining intiluvchanligi evaziga shunday darajaga chiqdi. U hozirgi mavqeiga munosib. U xarakter ko'rsatib, tinimsiz rivojlanishda davom etdi.

Endi Messi, Ronaldu va Levandovskidan Harri Keyn turadi. Uning statistikasiga qarang, u hali 24 yoshida shunday natijalarga erishdi», — deya Breydining so'zlarini keltirgan Evening Standard.

Angliya chempionatining 23-turi ushbu futbolchi «Tottenhem Hotspur» tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylangandi (98 gol).

Qayd etish kerakki, «Arsenal»ning ashaddiy raqibi safida to'p surishga qaror qilgan Harri Keyn «to'pchilar» darvozasiga 7 marta gol urdi.