Argentina futboli rahbari Messidan g'alati iltimos qildi
Feb. 13, 2018, 9:43 p.m. 13163

Argentina futbol federaTsiyasi rahbari Klaudio Tapia «Barselona» hujumchisi Lionel Messidan JCh-2018 o'yinlariga yaxshi jismoniy holatda kelish uchun, klubdagi o'yin amaliyotini kamaytirishni iltimos qilganini aytdi.

«Hozir Argentina terma jamoasi futbolchilarining jismoniy holati yaxshi, umid qilamanki, JCh-2018 musobaqasida ham shunday bo'ladi.

Serxio Aguero juda zo'r o'ynayapti, Lionel Messi ham har doimgidek yaxshi. Bu murabbiylar uchun juda muhim. Biz Messiga murojaat qilib, o'z sog'lig'ini kuzatib borishni va «Barselona» tarkibida kamroq maydonga tushishni iltimos qildik», — deb Tapia so'zlarini keltirmoqda Marca.

Joriy mavsumda 30 yoshli hujumchi Primerada 23ta o'yin o'tkazib, 20ta gol urgan.