Peres «PSJ» klubiga qarshi o'yindan oldin Zidanga shart qo'ydi
Feb. 12, 2018, 11:09 p.m. 24392

«Real» prezidenti Florentino Peres bosh murabbiy Zinedin Zidan oldiga «PSJ» klubiga qarshi Chempionlar Ligasi o'yinida uch nafar futbolchini asosiy tarkibda tushirish shartini qo'ydi.

Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, qirollik klubi xo'jayini 14 fevral kuni, «Santyago Bernabeu»da o'tkaziladigan bahsda Garet Beyl, Karim Benzema va Krishtianu Ronalduni maydonda ko'rishni istayapti.

Uning fikriga ko'ra, BBC hujumchilar uchligi dastlabki daqiqalardan harakat qilishi shart.