«Lokomotiv» OChLni yirik g'alaba bilan boshladi
Feb. 12, 2018, 6:05 p.m. 7666

Osiyo chempionlar ligasining 1-turidan o'rin olgan uchrashuvlardan birida Toshkentning «Lokomotiv» klubi BAAning «Al-Vahda» jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida avvaliga mezbonlarning yangi xaridi Nivaldo hisobni ochdi. Bu hisob birinchi bo'limda o'zgarmadi. Ikkinchi bo'limda esa «Lokomotiv» o'yinida keskin burilish kuzatildi. Ikrom Aliboevning dubli, Marat Bikmaev va Sardor Rashidov tomonidan kiritilgan gollar «temiryo'lchilar»ga yakunda yirik 5:0 hisobidagi g'alabani taqdim etdi.

OChL-2018. «B» guruhi, 1-tur
«Lokomotiv» (O'zbekiston) – «Al-Vahda» (BAA) 5:0 (1:0)
Gollar:
Nivaldo (25), Ikrom Aliboev (53, 86), Marat Bikmaev (54, avtogol), Sardor Rashidov (58).
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Nivaldo (Sardor Rashidov, 36), Sadriddin Abdullaev, Ikrom Aliboev, Marat Bikmaev, Sardor Mirzaev (Sherzod Karimov, 82), Islom To'xtaxo'jaev, Sanjar Shoahmedov (Igor Yelich, 76), Shuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev
«Al Vahda»: Rashid as-Suvaydi, Salim Sulton ash-Sharjiy, Muhammad Abdulbosit (Xalil Ibrohim, 79), Ismoil Matar, Muhammad Salim (Muhammad ash-Shehiy, 56), Nosir Abdulxodi (Muhammad Rashid, 72), Xolid Ibrohim, Balaj Judjak, Ahmad Salmon, Ahmad Rashid, Muhammad Salmon.
Ogohlantirishlar: Salim Sulton ash-Sharjiy (34), Balaj Judjak (41).

Hakamlar: Tojo Minoru, Ochi Shinji, Takagi Takumi (barchasi Yaponiya), Chorimurot Qurbonov (Turkmaniston)
Hakamlar nazoratchisi:  Inoyat Masud (Eron)
Uchrashuv komissari:  Chan Ka Chung (Gong Kong)