Futzal. O'zbekiston bronza medallarini qo'lga kiritdi
Feb. 11, 2018, 3:08 p.m. 9026

Futzal bo'yicha Osiyo chempionatining uchinchi o'rni uchun o'tkazilgan bahsda O'zbekiston terma jamoasi Iroq terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 4:4 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa O'zbekiston terma jamoasi ikkinchi darvozaboni Akmal Hazratqulov ikkita seyvni amalga oshirib terma jamoamizga g'alaba keltirdi

Futzal bo'yicha Osiyo chempionati
3-o'rin uchun o'yin

Iroq - O'zbekiston 4:4 (1:2 pen.)

Gollar: Choriev (3), Yunusov (26, 39), Hamroev (28).

O'zbekiston (dastlabki beshlik): 1. Rustam Umarov, 7. Dilshod Rahmatov, 8. Farhod Abdumavlonov, 11.Artur Yunusov, 14. Konstantin Sviridov.

Zaxiradagilar: 12. Akmal Hazratqulov, 6.Ilhom Hamroev, 10.Davron Choriev, 9.Davron Abdurahmonov, 4.Ixtiyor Ropiev, 13.Husniddin Nishonov, 5.Dilmurod Shavkatov, 3.Mashrab Odilov, 2.Anasxon Rahmatov