«Valensiya» fanatlari «Barselona» avtobusiga hujum qildilar
Feb. 9, 2018, 11:26 a.m. 5070

«Valensiya» klubi Ispaniya Kubogi yarimfinali javob o'yinida «Barselona»ga 0:2 hisobida yutqazib, musobaqani tark etdi.

Bundan darg'azab bo'lgan mahalliy muxlislar, o'yindan so'ng, kataloniyaliklarning avtobusiga hujum qilib, toshbo'ron qildilar.

Mehmonlardan hech kim jabrlanmadi. ammo avtobusning oynasi sindirildi. Shundan so'ng, poliTsiya avtobusni qurshab olib, aeroportgacha kuzatib qo'ydi.