Lyov «Real»ga to'rt nafar futbolchi bilan keladi
Feb. 9, 2018, 4:19 p.m. 22720

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Madridning «Real» klubiga tayinlansa, to'rt nafar futbolchi bilan shartnoma imzolanishini istayapti.

Don Balon xabariga ko'ra, 58 yoshli mutaxassisning rejalaridan David Alaba («Bavariya»), Harri Keyn («Tottenhem»), Yulian Vaygl («Borussiya» D) va Yulian Draksler («PSJ») o'rin olgan.

Avvalroq, Qirollik klubi prezidenti Florentino Peres bosh murabbiy Zinedin Zidan istefoga chiqarilsa, uning o'rniga Yoaxim Lyovni taklif qilmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.