Lionel Messi Alfa-bank yuziga aylandi
Feb. 9, 2018, 10:32 a.m. 4008

Argentina terma jamoasi va «Barselona» futbol klubi o'yinchisi Lionel Messi Alfa-bankning 2018 yilgi yuziga aylandi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Avvalroq rossiyalik sport jurnalisti Nobel Arustamyan tvitterdagi sahifasida shu haqda aytib o'tgandi. «Demak, Messi Rossiyaga yanada yaqinroq bo'ldi», - deya yozgan u. Jurnalistning qayd etishicha, futbolchi endilikda «Alfa-bankning yuzi». Bu tashkilot Rossiyada bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha 2018 yilgi jahon chempionatining rasmiy banklaridan biri sanaladi.

Bunga qadar Messining Alfa-bank logotipidagi futbolkada o'tirgani tasvirlangan fotosuratini Life o'z Telegram-kanalida elon qilgandi.